Yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv doirasida deputat S.Jurayeva tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Saylovchilar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Har bir murojaatga e’tibor qaratilib, ular deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi.

Bildirilgan murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi. Murojaatlar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Bunday uchrashuvlar saylovchilar bilan doimiy muloqotni ta’minlash, aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3