Bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, sifati va zaxirasi o‘rganildi
📌 Deputat nazorati: Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Davletov tomonidan aholining kundalik iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, ularning sifati hamda zaxirasi holati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida e’tibor qaratildi:
📉 Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi;
⭐️ Sotilayotgan mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablariga va sifat mezonlariga muvofiqligi;
📦 Aholi ehtiyojini qoplash uchun yetarli darajada zaxira yaratilganligi.
💡 Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📢 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari faoliyati doimiy nazoratda!