Yangiliklar

DASHTBOG‘ MAHALLASIDA MAHALLA BANKIRI FAOLIYATI O‘RGANILDI

DASHTBOG‘ MAHALLASIDA MAHALLA BANKIRI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha” yurish jurnali asosida “Dashtbog‘” mahallasida faoliyat yuritayotgan mahalla bankirining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla aholisining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 23-yo‘nalishi — aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid vazifalar bilan hamohangdir.

Huquqiy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

Mahallalarda aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish va bandlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 7