HUDUDIY KENGASHLAR KOTIBIYATLARI FAOLIYATIGA OID MASALALAR MUHOKAMA QILINMOQDA
Ayni paytda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi
S. Mo‘minov tomonidan ZOOM platformasi orqali shahar va tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilish davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda kotibiyatlar faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Muhokamalar jarayonida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilanmoqda. Belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.