Yangiliklar

Kotibiyatda kunlik vazifalar ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi
#kunlik_ishlar_muhokamasi

Kotibiyatda kunlik vazifalar ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi

21-oktabr kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida kunlik ish jarayonlari, belgilangan vazifalar ijrosi hamda navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi muhokama tashkil etildi.
Muhokama davomida deputatlar faoliyatini tizimli muvofiqlashtirish, hududlardagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va belgilangan topshiriqlar ijrosini doimiy nazorat qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ishlarni izchil tashkil etish, mas’uliyatni kuchaytirish hamda har bir vazifa bo‘yicha amaliy natijaga erishish muhimligi ta’kidlandi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram  . Instagram . Facebook . Youtube .  E-kengash