Aholi murojaati — e’tibor markazida
Fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning murojaatlarini o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim qismidir.
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov, Kuchlik MFY ijtimoiy hodim bilan hamkorlikda Kuchlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati bilan tanishib, masalani joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Muloqot davomida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalaga e’tibor qaratilib, uning mazmuni yuzasidan tegishli o‘rganish olib borildi. Fuqaro bilan suhbatda mavjud vaziyat va masalani hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bunday bevosita muloqotlar aholining talab va ehtiyojlarini yaqindan bilish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarga e’tibor qaratish hamda ularning manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!