Yangiliklar

#Deputat_so‘rovi  #Deputat_nazorati

#Deputat_so‘rovi
 #Deputat_nazorati

40-maktabdagi muammolar deputat e’tiborida.  O‘quvchilar xavfsizligi va munosib ta’lim sharoitlarini ta’minlash — muhim vazifa!

📝Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati O. Akromov tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aniqlangan muammolar yuzasidan deputat so‘rovi chiqarildi.

📝So‘rovda maktab sport zalidagi isitish tizimini tiklash, bino devorlari, shift va pol qismlarining texnik holatini tekshirish, xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda hojatxonani ta’mirlab, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq sharoit yaratish masalalari ko‘tarildi.

 📝Deputat so‘rovida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun xavfsiz, munosib sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.  

Slide 1 of 2