Yangiliklar

Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-«Yangi Chorsu» saylov okrugidan saylangan deputati M. Yunusov tomonidan «Yangi Chorsu» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallaning Tinchlik ko‘chasi, 36-uyda istiqomat qiluvchi I guruh nogironi Sh. Ro‘zmatovning xonadonidagi sharoitlar bilan tanishildi. Xususan, uyda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari holati batafsil ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida xonadonda olib borilgan ta’mirlash ishlari va ularning yashash sharoitlarini yaxshilashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Amalga oshirilgan ishlar fuqaroning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashdi.

Deputatlik faoliyati doirasida fuqarolarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolariga e’tibor qaratish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4