Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-«Yangi Chorsu» saylov okrugidan saylangan deputati M.Yunusov tomonidan «Yangi Chorsu» mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallaning Soatsozlik ko‘chasi, 42-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro G.Saidova deputatga murojaat qilib, farzandini narkologiya dispanseriga davolanish uchun joylashtirishda amaliy yordam so‘radi.
️Deputat tomonidan fuqaroning murojaati tinglanib, mazkur masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalasi o‘rganildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning muammolariga e’tibor qaratish va qonunchilik doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi