Yangiliklar

🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI OSTIDA

🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI OSTIDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati S. O‘razmetov Mesit mahallasi raisi J. Bekchanova bilan birgalikda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro Barno Sabirova Ilhomboy qizining xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy va moddiy ahvoli bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida oilaning yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida aniqlash hamda tegishli yordam choralarini belgilashdan iborat.

Slide 1 of 1