Yangiliklar

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI: TADBIRKORLIK ORQALI BANDLIK TA’MINLANDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati O. Karimov Bekobod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Sherali Eshonquliyev bilan birgalikda mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Dastonbek Tillayevning hayot yo‘li va tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.
1995-yilda tug‘ilgan Dastonbek Tillayev 2021-yilda ishlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasiga yo‘l olgan. U yerda bel suyagi sinishi tashxisi bilan kasallanib, vataniga qaytgan. Sog‘lig‘i tiklangach, mahalla yettiligi ko‘magida imtiyozli kredit olib, sartaroshlik kasbini o‘rgangan va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunda u sartaroshlik xizmati orqali kuniga 10–15 nafar mijozga xizmat ko‘rsatib, o‘z mehnati bilan daromad topmoqda.

Slide 1 of 1