Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining 9 oylik faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining 9 oylik faoliyati tahlil qilindi
Hukumatimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, xalq vakillarining saylov okruglaridagi faolligini oshirish maqsadida tizimli oʻrganishlar olib borilmoqda.
Kengash faoliyatini muvofiqlashtirish va deputatlik nazoratini kuchaytirish doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotbiyati mudiri B.Amanov tomonidan Kengash deputati N.Abdaxatovning oʻtgan 9 oylik faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
Tahlil jarayonida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
Deputatning oʻz saylov okrugidagi fuqarolar bilan olib borgan bevosita muloqotlari;
Aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar va ularning ijro holati;
Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish borasida ilgari surilgan tashabbuslar.
Yakunda deputat faoliyatining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2