#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "14-O'rikzor" okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abduraximovich tomonidan Uchtepa tumanidagi Ko‘ksaroy mahallasi faollari tomonidan mahalla hududidagi Navro‘z, Bositxon va Tong ko‘chalarining 7 800 kvadrat metrdan ziyod qismini asfalt qoplamasi bilan qoplash zarurati mavjudligi yuzasidan yo'llangan murojjatga asosan o'rganish ishlari amalga oshirilgan va yuqorida qayd etilgan masala haqqoniyligi aniqlangan.
📝 Ushbu ko'tarilgan masala yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
📩 Javobda ma’lum qilinishicha, Ko‘ksaroy mahallasi hududidagi Navro‘z, Bositxon va Tong ko‘chalarining 7 800 kvadrat metrdan ziyod qismini asfalt qoplamasi bilan qoplashda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘rovi Uchtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqilganligi qayd etilgan.
📆 Uchtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasining ma’lumotiga asosan, Navro‘z, Bositxon va Tong ko‘chalarining 7 800 kvadrat metrdan ziyod qismini asfaltlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini belgilash hamda mazkur ishlarni 2027-yilgi davlat dasturiga kiritish bo‘yicha taklif kiritish rejalashtirilganligi qayd etildi.