Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

“Andijon” mahallasida yo‘lni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining VII-31-85-9-122-K/26-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Andijon mahallasi Bog‘cha ko‘chasining shag‘allashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilishdan iborat.

Slide 1 of 3