Yangiliklar

Jalaquduq tumanida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari, ekspertlar va "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hisoboti ko‘rib chiqildi. Muhokamada hududlarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash va yoshlar ishtirokidagi targ‘ibot ishlarini yanada jonlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Va tegishli qaror qabul qilindi . 

   

Slide 1 of 5