Yangiliklar

SESSIYA KUN TARTIBIDA: MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARINI YO‘NALTIRISH MASALASI

 SESSIYA KUN TARTIBIDA: MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARINI YO‘NALTIRISH MASALASI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi sessiyasi kun tartibidagi yettinchi masala — Pastdarg‘om tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala muhokamaga kiritildi.

🗣️ Mazkur masala yuzasidan hisobot berish uchun tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Maxmanazarov Ulug‘bek Kaxarovichga so‘z berildi.

📊 Hisobotda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish, hududning dolzarb ehtiyojlarini moliyalashtirish hamda ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi.

🌐 Deputatlar tomonidan mablag‘larni taqsimlashning asoslanganligi, ularning belgilangan maqsadlarga muvofiq sarflanishi va amalga oshiriladigan ishlarning natijadorligiga e’tibor qaratiladi.