Yangiliklar

#_24_Masala

7-Arnabo‘yi saylov okrugida joylashgan “Arnabo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi deputatlik o‘rganishi va nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari U. Abduraxmanov hamda M. Kazakov (O‘zLiDeP), O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi M. Sa’dullayev, Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sh. Sultonov va tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirok etdilar.

🏗 Deputatlik nazorati doirasida: Mas’ullar “Arnabo‘yi” MFY Sharq ko‘chasida joylashgan, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lida yangidan barpo etilayotgan ko‘prik qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Maqsad bitta — hududlar obodligi, yo‘l va infratuzilma holatini yaxshilash hamda xalqimiz farovonligini ta’minlash!

Slide 1 of 5