Yangiliklar

Deputatlik nazorati amalga oshirildi
Fuqarolarimizning tashabbusi va faol ishtiroki sababli tumanimizda infratuzilmani yaxshilash, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Ochiq budjet" (Tashabbusli budjet) loyihasining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan — Amudaryo tumani "Besh tom" MFY hududidagi 80-sonli maktabda usti yopiq universal mini-futbol sport maydonchasi qurilishi loyihasi doirasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 Loyiha qiymati: Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi hisobidan 1 mlrd 648 mln so‘m ajratilgan.
Tadbirlar davomida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Y.Axmedov va M.Kazakov hamda Kengash kotibiyati xodimi B.Allabergenovlar 25-Nazarxon saylov okrugida bo‘lib, jarayonlarni bevosita o‘rgandilar.

🔍 Asosiy e’tibor:
Ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi;
Qurilish va obodonlashtirish ishlarining belgilangan sifat va standartlarga mosligi;
Loyihani o‘z vaqtida foydalanishga topshirish jarayonlariga qaratildi.
Aholimiz, ayniqsa yoshlarimiz uchun zamonaviy va qulay sport maydonchasi tez fursatlarda topshirilishi va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishi deputatlarimiz va jamoatchiligimizning doimiy e’tiborida bo‘lib qoladi.
Slide 1 of 6