Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:


📍 Saylovchilar bilan muloqot: deputat axborati tinglandi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat O. Tursunov “Boyqishloq” mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, 2026-yilning 9 oyi davomida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborat berdi.

📌 SHEROBOD TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

📝 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

📌 Yoshlar bilan ochiq muloqot

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov raislik qildi.

📍 FUQAROLAR MUROJAATI VA YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov Qizilolma mahallasida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

🗣Sherobod tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich boshchiligida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hokimlik xodimlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, ishtirok etdilar.

📌 FUQARO MUROJAATI E’TIBORDA

🟢 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat O. Tursunov tomonidan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.

📌 Xalq deputatlari sherobod tumani kengashining navbatdagi 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Sherobod tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

19¹-modda
🏗 Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X.Xojidinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “Qizilolma” mahallasining Shalqon qishlog‘ida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🌱 “Yashil makon” — yashil kelajak sari muhim qadam!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tashabbusi bilan 35-sonli umumta’lim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

📌 DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHLARI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 20-Mexrabod saylov okrugi deputati J.Qodirov saylov okrugiga qarashli “Istiqbol” mahallasida mahalla ijtimoiy xodimi Sh. Nusratovaning faoliyati o‘rganildi.

📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Choriyev tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Katta hayot” mahallasi yoshlar yetakchisi Sh.Farxodovning faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1