Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan Sholikor mahalla fuqarolar yig‘ini raisi R. Jo‘rayeva bilan hamkorlikda mahallada ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning mavjud muammolarini aniqlash, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, ehtiyojlarini o‘rganish hamda ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
📌Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan manzilli ishlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!