Yangiliklar

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Muzrabot tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Sayidali Mahmatqulovich Nurmahmatov raislik qildi.

Unda deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Kun tartibidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, jamoat xavfsizligi va boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid 14 ta masala o‘rin oldi. Mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari muhokama qilinib, deputatlar hududlardagi o‘rganishlar, saylovchilar bilan uchrashuvlar va fuqarolar murojaatlarida aniqlangan muammolar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

Muhokamalarda mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qabul qilinadigan qarorlar ijrosini ta’minlashda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi uchun mas’ul tashkilot va idoralarga topshiriqlar berildi.

Sessiya Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etildi.

Slide 1 of 9