O‘rganish davomida oilalarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va ijtimoiy sharoitini yaxshilash borasidagi mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, oilalarning ehtiyojlarini aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganishdan asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va ularning turmush farovonligini yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.