Yangiliklar

Chimboy oilaviy shifokorlar punktida holat o‘rganildi

 Chimboy oilaviy shifokorlar punktida holat o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Tuychiyeva tomonidan Chimboy oilaviy shifokorlar punktida bo‘lib, muassasadagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida tibbiyot punktining moddiy-texnik holati, sanitariya-obodonlashtirish ishlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
👩‍⚕️ Tibbiyot xodimlari bilan suhbat davomida faoliyat jarayonida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
🔎 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
✅ Deputat tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va aniqlangan muammolarni amaliy hal etishga ko‘maklashish ishlari davom ettiriladi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️

Slide 1 of 1