Yangiliklar

“Deputat daftari”ga murojaatlar qayd etildi

“Deputat daftari”ga murojaatlar qayd etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Eliboyev tomonidan 2026-yil 7-oktabr kuni fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, aniqlangan muammo va takliflar “Deputat daftari”ga qayd etildi.
📝 Murojaatlar davomida fuqarolarning mavjud muammolari tinglanib, ularni hal etishning amaliy yo‘llari muhokama qilindi.
📌 “Deputat daftari”ga kiritilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda murojaatlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
🤝 Aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish, muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!