CHAMAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati
Z. Sapaev tomonidan Chaman mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oilalardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ehtiyojmand ayollarga zarur ko‘mak ko‘rsatish va ularni tadbirkorlik hamda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy masalalar yechimiga qaratilgan ishlar bilan bog‘liq holda amalga oshirildi.
Shuningdek, doimiy komissiyalar kesimidagi 162 ta qonun hujjati taqsimoti doirasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga muvofiq xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini oshirish, mahalladagi muammolarni manzilli hal etish va ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.