Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

O‘QUVCHILAR UCHUN KASB-HUNAR O‘RGATISH SHAROITLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Saxovat mahallasidagi 6-Ravonlik saylov okrugi hududida joylashgan Oqoltin tuman 3-sonli texnikumida o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan milliy shirinliklar tayyorlash joyi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning milliy shirinliklar tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbiy mahoratini oshirish hamda kelgusida mustaqil faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakda bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3