Yangiliklar

🏥 Garasha filialida qurilish ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati A.O‘mirzoqov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Garasha filialida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida binoning tashqi qismi, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari hamda ishlarning bajarilish holati ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2