Yangiliklar

KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S.Erjanova hamda Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan “Arboblar” mahallasida joylashgan tuman Axborot-kutubxona markazining badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.
Shuningdek, markazda elektron kitoblardan foydalanish va ular bilan ishlash holati, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2