Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Salomatlik” yo‘lagining ta’mirlanish holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida yo‘lakda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, mavjud sharoitlar hamda hududni obodonlashtirish borasidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
🌿 Mazkur yo‘lak aholining, ayniqsa, keksalar va yurish-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini olib boruvchi fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, salomatligini mustahkamlashi uchun muhim maskanlardan biridir.
🛠 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash hamda hududni yanada obod va qulay holatga keltirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🤝 Aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, mahallalarni obodlashtirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.