Bugun, 8-oktabr kuni “Mahalliy Kengashlar: institutsional mustaqillik, ta’sirchan deputatlik nazorati va jamoatchilik bilan ochiq muloqot” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davra suhbatida Uchquduq studiyasidan Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov, Kengash Kotibiyat mudiri M.Kamolova, doimiy komissiya raislari, shuningdek, siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida mahalliy Kengashlarning institutsional rivojlanishi, deputatlik nazorati, doimiy komissiyalar faoliyati, deputat so‘rovlari, jamoatchilik bilan ochiq muloqot hamda Kengash va ijro organlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.