Yangiliklar

“NAVRO‘Z DEHQON BOZORI”DA XAVFSIZLIK CHORALARI O‘RGANILIB, O‘RGANISH ISHLARI YAKUNLANDI

#19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ “NAVRO‘Z DEHQON BOZORI”DA XAVFSIZLIK CHORALARI O‘RGANILIB, O‘RGANISH ISHLARI YAKUNLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Kengash deputatlari hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida olib borilgan o‘rganishlarning yakuniy bosqichi tashkil etildi.

🔺 O‘rganishlarning yakuniy manzili “Navro‘z dehqon bozori” AJ bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari bozor faoliyati, savdo jarayonlarining tashkil etilishi, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda hududda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🏬 Jarayonda bozor hududida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, savdo obyektlarining yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanganligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, “162 ta eng muhim qonun” ijrosini o‘rganish doirasida yirik bozorlar hududida yong‘in xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga oid qonunchilik talablarining amaliy ijrosi ko‘rib chiqildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 791-son qarorida belgilangan talablar asosida bozorlarda xavfsizlik choralarini tashkil etish, yong‘inga qarshi himoya vositalari bilan ta’minlash hamda mas’ul xizmatlar faoliyati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🚨 Shuningdek, bozor hududida tashkil etilgan Situatsion markazning ish faoliyati bilan tanishildi. Markaz orqali hududdagi vaziyatni kuzatib borish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash, favqulodda holatlarga tezkor munosabat bildirish hamda mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

🗣 Bozor ma’muriyati va mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, yong‘inlarning oldini olish, savdo faoliyatini xavfsiz tashkil etish hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni kamaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔍 O‘rganish davomida bozor hududida profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish, yong‘in xavfsizligi vositalarining sozligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish va aholining xavfsizlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

♻️ Shu bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi faoliyati hamda “162 ta eng muhim qonun” ijrosi yuzasidan tashkil etilgan o‘rganishlarning joylardagi jarayonlari yakunlandi.

⚖️ O‘rganishlar davomida issiqlik ta’minoti obyektlari, mahalla fuqarolar yig‘ini, ko‘p qavatli turar joy binolari, yerosti yong‘in gidrantlari hamda dehqon bozori faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijalari, mavjud muammolar va bildirilgan takliflarni tegishli doimiy komissiya tomonidan umumlashtirish hamda Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamalarida ko‘rib chiqish nazarda tutilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10