Yangiliklar

Doimiy komissiyalarning qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi

🔹“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturiga asosan Bo‘stonliq tumanida ichimlik suvi va oqova tizimini takomillashtirish yuzasidan hamda tumanda yo‘llarni qurish va ta’mirlashda sifatni ta’minlash, yo‘llarni svetoforlar bilan jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan joylarga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹Aniqlangan kamchiliklar va muammolar 2025-yil 11-martdagi doimiy komissiyalarning Qo‘shma majlisida atroflicha muhokama qilindi.

Qo‘shma majlis yakuni bilan mas’ullarning hisobotlarini navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 8