Qonun loyihasi bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi o‘rinbosari instituti joriy etilib, unga Kengash kotibiyati faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.
🔹Shuningdek, Kengash faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Kengash Rayosati instituti hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining muhim ijtimoiy masalalar bo‘yicha axborotlarini eshitishga qaratilgan “Kengash soati” instituti joriy etilmoqda.
📈Mazkur o‘zgarishlar mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.