Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi “Orzu” istirohat bog‘ining mavjud holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida istirohat bog‘ining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish holati, hududning sanitariya va tozalik darajasi, mavjud infratuzilma hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🏞 Shuningdek, istirohat bog‘ini yanada obod va ko‘rkamlashtirish, hududda tartib va tozalikni ta’minlash, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.
🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.