Muloqot davomida deputatlarning vakolatlarini to‘laqonli va samarali amalga oshirishlariga qaratilgan quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi:
·📁 Hujjatlar bilan ishlash: Tuman Kengashida yuritilishi lozim bo‘lgan deputatlik faoliyatiga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, tizimlashtirish va yuritish tartibi;
·🗓 Ish rejasini muvofiqlashtirish: Saylov okrugidagi faoliyatni tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasi asosida tizimli tashkil etish;
·👥 Murojaatlar va deputatlik so‘rovlari: Fuqarolar murojaatlarini atroflicha o‘rganish, deputatlik so‘rovlarini tayyorlash hamda yuborilgan so‘rovlar ijrosini nazorat qilish;
·🔍 Monitoring va nazorat: Okrugdagi muammolarni aniqlash, o‘rganish va monitoring tadbirlarini to‘g‘ri hujjatlashtirish hamda mas’ul tashkilotlarga asoslantirilgan taklif va tavsiyalar kiritish;
·⚖️ Qonunchilik bilan ishlash: Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida 24 ta tavsiya hamda 162 ta qonun hujjatida belgilangan talablarning mazmun-mohiyatini o‘rganish va ularning joylardagi ijrosini nazorat qilish.
Ushbu amaliy va uslubiy ko‘mak tadbiri xalq vakillarining okruglardagi faoliyati samaradorligini hamda fuqarolar bilan ishlash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz