Yangiliklar

Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputati Ziyoda Bazarbayevna tuman «Kelajak markazi» tomonidan 7-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida to‘garak rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilib, erishilayotgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar bildirildi.
Shuningdek, deputat markaz jamoasini «1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan tuman Kengashi raisi va deputatlar nomidan samimiy tabriklab, ularga masʼuliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Slide 1 of 2