Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.G‘oibnazarov “Madad” NNTning Zomin tuman Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Tashbayev bilan birgalikda Kengashning navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishiga kiritiladigan masalalarni muhokama qildi.
Muhokama davomida doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarning mazmun-mohiyati, huquqiy asoslari hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, masalalarni doimiy komissiya muhokamasiga puxta tayyorlash, tegishli hujjatlarni huquqiy jihatdan ko‘rib chiqish va deputatlar muhokamasiga sifatli taqdim etish yuzasidan fikr almashildi.