“Milliy Tiklanish” Demokratik Partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 9-“Mirobod” saylov okrugi deputati E. Narmatov tomonidan Birlik QFY, Gulzor ko‘chasi 40-uyda yashovchi fuqaro Xalilov Yoqub Oqmirza o‘g‘lining ish so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaat natijasiga ko‘ra, fuqaroning ish bilan ta’minlanish masalasi ijobiy hal etilib, Birlik QFYdagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ishga joylashtirildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini tinglash va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.