Fuqaroning murojaati xonadonida o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan tegishli reyestrga kiritilish uchun ariza bilan murojaat qilgan fuqaroning xonadonida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoiti, oilaviy va ijtimoiy holati hamda murojaatida ko‘rsatilgan masalalar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilmoqda.
Aniqlangan holatlar asosida fuqaroning murojaatini tegishli tartibda ko‘rib chiqish va zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilanadi.
Yoshlarning murojaatlarini manzilli o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish va zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.