Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
🗣DEPUTATNING FIKR VA NUQTAI NAZARI UCHUN JAVOBGARLIKKA TORTILMASLIGI


⏺Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashida ovoz berish chog‘ida fikr bildirgani yoki nuqtayi nazarini bayon etgani, shuningdek, o‘z vakolatlarini amalga oshirishi bilan bog‘liq boshqa harakatlari uchun, hatto vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

📝Biroq deputat bunday harakatlari davomida haqorat, tuhmat yoki qonunda javobgarlik nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklarni sodir etgan bo‘lsa, daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi.

📄Manba: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, 11-modda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1