Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Deputati Go‘zal Samiyeva Uzun tumaniga tashrif buyurdi.
Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Go‘zal Samiyeva hamda tuman deputatlari birgalikda tumanning O’zbekiston hamda Bahoriston mahallalarida bo’lib, ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalar bilan uchrashdi.
Go‘zal Samiyeva hamda tuman Kengashi deputatlari ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning holatini o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida nogironlik aravachalarini topshirdi. Deputat, Go'zal Samiyeva o‘z nutqida, davlat tomonidan ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga qo‘shimcha yordamlar ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.