Yangiliklar

📌 SAMARADORLIK VA NATIJA — ASOSIY MEZON!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Begmatov Dehqonobod mahallasida bo‘lib, mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Asosiy e’tibor — aholining muammolarini aniqlash, ularga amaliy yechim topish va har bir tashabbusni aniq natijaga yo‘naltirishga qaratildi.
📈 Zero, amalga oshirilgan ish emas, uning inson hayotidagi ijobiy natijasi — eng muhim mezon!

Slide 1 of 3