Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Dusmatova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Nayman mahallasidagi 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida maktabda ta’lim-tarbiya sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda 2026/2027-o‘quv yilining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🌱 Yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, munosib tarbiya topishi va qulay sharoitlarda bilim egallashi — barchamizning ustuvor vazifamiz.
🏫 Maktabdagi har bir muammo — e’tiborda, har bir taklif — nazoratda!