Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj.Shaxmayev hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov tomonidan Guliston mahallasida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar o‘rganildi.
📍 Xususan, mahallada umumiy ovqatlanish majmuasi hamda mehmonxona qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
👥 Mazkur loyihalarning ishga tushirilishi hudud aholisi uchun yangi mehnat imkoniyatlarini yaratish, bandlikni oshirish va mahalla iqtisodiy faolligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
🤝 Har bir yangi loyiha — yangi ish o‘rni, har bir ish o‘rni esa oilalar farovonligi demakdir!
📈 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.