Yangiliklar

🏘 Obod mahalla — farovon hayot!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Xidirova Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hududdagi ichki ko‘cha yo‘llari hamda piyodalar yo‘laklarining holati bilan yaqindan tanishdi.

🚶‍♀️ Aholining kundalik hayotida muhim o‘rin tutadigan yo‘llar va piyodalar yo‘laklarining holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Deputat tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aholi uchun qulay, xavfsiz va obod muhit yaratish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

✨ Xalq manfaatlari — e’tiborimiz markazida!
Obod hudud — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 4