Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova Bekobod tumani tibbiyot birlashmasida bo‘lib, fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
📌 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-son Qonuni ijrosi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan amaliy ishlar holati tahlil qilindi.
🌿 Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat poydevori.
Fuqarolarning salomatligini asrash, ayniqsa, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish masalalari doimo e’tibor markazida bo‘lishi lozim.