#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🏫 Maktabdagi sharoit va ta’lim sifati nazoratda
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva 5-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi mavjud holatni o‘rgandi.
🔍 O‘rganish davomida ta’lim sifati va qonunchilik hujjatlari ijrosi, o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, maktab hududining obodonlashtirilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
❄️ Shuningdek, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining sozligi, bino va inshootlarning mavsumga tayyorligi hamda o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarning mavjudligi o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar belgilandi.
🤝 Deputatlik nazorati — muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashishdan boshlanadi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram |