📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov Jizzax shahridagi “Qaliya” MFYda bo‘lib, hududda kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni tugatish bo‘yicha amaga oshirilayotgan ishlar holatini atroflicha tahlil qildi.
🔸 O‘rganishlar davomida asosiy eʼtibor mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini taʼminlash masalasiga qaratildi. Deputat aholini tadbirkorlikka jalb etish, hududning ichki imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hamda oilaviy daromadlarni oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini ko‘zdan kechirdi.
🔸Ochiq muloqot va chuqur tahlillar yakunida xalq vakili B.Toshpo‘latov hududda ishsizlikni butunlay tugatish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allik darajasini keskin kamaytirish bo‘yicha mahalla masʼullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook