Yangiliklar

DEPUTATLARNING MAHALLALARDAGI FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#seminar

DEPUTATLARNING MAHALLALARDAGI FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarda mahalliy Kengash deputatlarining saylovchilar bilan samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish, aholining murojaat va takliflarini o‘rganish, mahallalarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash hamda ularning yechimini ta’minlashda deputatlarning rolini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlarning aholi, «mahalla yettiligi», mahalla faollari hamda mas’ul tashkilotlar bilan tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, aniqlangan muammolarni tegishli Kengash muhokamasiga olib chiqish, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha fikr va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir davomida deputatlarning o‘z saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlarini tizimli tashkil etish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, murojaatlarni manzilli ko‘rib chiqish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur seminarda Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari hamda tuman Kengashi deputatlari Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

Seminar yakunida mahalliy Kengash deputatlarining mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar manfaatlarini ifodalash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad — deputat va aholi o‘rtasidagi doimiy muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish hamda mahallalarda ko‘tarilayotgan masalalarni amaliy hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4