Yangiliklar

24-BAND: NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA: MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida deputat N.Allayorova tomonidan ilgari surilgan murojaat va deputatlik so‘rovi natijalari ham muhokama qilinadi.

⚡️ Ilm mahallasida tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborilib, beton ustunlar o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan.

⚠️ Mazkur masala aholining xavfsizligi nuqtayi nazaridan dolzarb. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida kuchli shamol, yog‘ingarchilik va noqulay ob-havo sharoitida mavjud ustunlarning sinib yoki qulab tushish ehtimoli yuqori ekani qayd etilgan.

Slide 1 of 2